Assalomu alaykum,
Ijtimoiy va siyosiy fanlar institutining hurmatli professor-o‘qituvchilari!
Aziz talaba-yoshlar!
Mana diyorimizga yangi 2024-yil ham kirib kelmoqda. Siz, muhtaram va jonkuyar ustozlar hamda navqiron talaba-yoshlarni, qolaversa butun institutimiz jamoasini yangi yil bayrami bilan chin qalbimdan tabriklayman. Sizlarga uzoq umr, mustahkam sog‘lik, baxtu saodat va xonadonizga qut-baraka va omad yor bo‘lishini astoydil tilab qolaman.
Jonajon Yurtimiz tinchligi va taraqqiyoti, xalqimiz farovonligini ta’minlash yo‘lida olib borayotgan mashaqqatli va shu bilan birga sharafli faoliyatingiz va o‘qishlaringizga muvaffaqiyatlar yor bo‘lsin!
Yangi – 2024-yilning qadami mamlakatimizga qutlug‘ kelsin va xosiyatli bo‘lsin!
Hurmat bilan
Muzaffar Axmedov
Ijtimoiy va siyosiy fanlar instituti rektori