Belarus Respublikasi Yanka Kupala nomidagi Grodno Davlat universiteti bilan qo’shma ta’lim dasturi bo’yicha shartnoma imzolandi
Institutimiz rektori Umid Mahmudov boshchiligidagi delegatsiya Belarus Respublikasining Minsk va Grodno shaharlarida turdosh ilmiy-ta’lim muassasalari bilan hamkorlik aloqalarini yo’lga qo’yish maqsadida xizmat safarida bo’lib turibdi.
Bugun Ijtimoiy va siyosiy fanlar instituti rektori Umid Mahmudov va Yanka Kupala nomidagi Grodno Davlat universiteti rektori Irina Kiturko o’rtasida qo’shma ta’lim dasturi bo’yicha shartnoma imzolandi.
Shartnomaga muvofiq talabalar pedagogika va psixologiya, filologiya va tillarni o’qitish, iqtisodiyot va menejment kabi yo’nalishlarda 2+2 shaklida ikki davlat ta’lim muassasalarida tahsil olish hamda qo’shma diplomlarga ega bo’ladilar.