Bugun Ijtimoiy va siyosiy fanlar instituti va Turkiya Respublikasining Turk tarixi va madaniyati fondi – «TurkTAV» o’rtasida hamkorlik to’g’risida memorandum imzolandi. Memorandum Institutimiz rektori U.Mahmudov va jamg‘arma prezidenti Omer Nizamettin Aykurt tomonidan imzolandi.
Memorandum doirasida turk dunyosi madaniy merosini asrab-avaylash hamda boyitish maqsadida, xalqlarimizning mushtarak madaniyati, tarixi, ma’naviy aloqalari va o‘zaro hamjihatligini ochib beradigan xalqaro konferensiya va seminarlar, turli darajadagi ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni tashkil etishga kelishib olindi.