
Ijtimoiy va siyosiy fanlar instituti rahbariyatining Sankt-Peterburg shahridagi xizmat safari davom etmoqda
Sankt-Peterburg shahrida bo’lib o’tayorgan “Akademik san’at hamdo’stligi” festival-anjumani doirasida Institutimiz rektori U.B.Mahmudov B.N.Yeltsin nomidagi Prezident kutubxonasi bosh direktori I.V.Solonko hamda Rossiya siyosiy tarixi muzeyi bosh direktori Y.A.Lisenkolar o’rtasida uchrashuv tashkil etildi.
Xususan, Prezident kutubxonasi bosh direktori I.V.Solonko tomonidan Institutimiz rektori U.Mahmudov joriy yilning oktyabr oyida bo’lib o’tishi rejalashtirilgan xalqaro konferensiyaga taklif qilindi.
Rossiya siyosiy tarixi muzeyi bosh direktori Y.A.Lisenko bilan ilmiy-amaliy yo’nalishdagi hamkorlik istiqbollari, qo’shma loyihalar muhokama qilindi hamda dastlabki kelishuvlarga erishildi.
Fikrlar yopilgan.