Toshkent shahrining markazida joylashgan institutimizda ta'lim olish jarayonida siz sohangizga oid eng dolzarb mavzulardan boxabar bo'lish, tadbirkorlik mahoratlari va karyera imkoniyatlaridan foydalanish hamda O'zbekistonning eng jozibador shahrida talabalik davrini mazmunli o'tkazishingiz mumkin.
Toshkent shahrining markazida qulay joylashuv
Yorqin kelajaginiz uchun zarur ta'lim yo'nalishlari
Malakali professor-o'qituvchilar
Ijtimoiy va siyosiy fanlar institutida bakalavr yo'nalishida ta'lim olish uchun oldindan ariza topshirishingiz mumkin.
Agarda siz Ijtimoiy va siyosiy fanlar institutida ta'lim olishni rejalashtirayotgan bo'lsangiz bizga ariza qoldiring. Bizning operatorlarimiz sizning ISFIda qabul shartlari va ta'lim olish sharoitlari bo''yicha batafsil ma'lumot beradi.
Sizning ilmiy salohiyatingiz, ta’lim olishga ishtiyoqingiz va ijtimoiy holatingizdan kelib chiqib, biz sizga ta’lim olishingiz uchun turli grantlar, chegirmalar hamda ta’lim kreditlarini taklif etamiz.
Biz bakalavr va magistratura talabalari uchun turli ko’rinichdagi yotoqxona imkoniyatlarini taqdim etamiz hamda o’zingizga mos turar-joy sharoitlarini topishga ko’maklashamiz.
Toshkentda talabalik hayoti ayniqsa maroqli o’tadi. Talabalar bo’sh vaqtlarini Toshkentning ko’rkam istirohat bog’larida, sport-sog’lomlashtirish maskanlarida yoki madaniy-ma’rifiy joylarida mazmunli o’tkazishlari mumkin.