Hujjat topshirish

ISFI'ga hujjat topshirish

Ijtimoiy va siyosiy fanlar instituti'da bakalavriat yo'nalishlari yoki magistratura mutaxassisliklari bo'yicha ta'lim olish uchun hujjat topshiring.
Bizning maqsadimiz barcha abituriyentlarga teng va adolatli munosabatda bo’lishdir. ISFI’ga sizning hujjatlaringiz diqqat bilan tekshirib chiqiladi. Sizning bilim va ko’nikmalaring, shaxsiy intilishlaringizdan kelib chiqib, sizga ta’lim olishning qulay shartlari taklif etiladi.
Har bir ta’lim bosqichlari, ta’lim yo’nalishlari va shakllari uchun alohida qabul shartlari belgilanishi mumkin. Hujjat topshirishdan avval siz topshirayotgan ta’lim dasturi va shakllari uchun belgilangan talablarni o’rganib chiqing.
Ijtimoiy va siyosiy fanlar instituti’ning Qabul bo’limi sizga institutimizga hujjat topshirish uchun zarur maslahatlarni beradi.

Hujjat qanday topshiriladi?

Ijtimoiy va siyosiy fanlar institutida ta’lim olish uchun quyidagi usullardan biri yordamida ariza topshirishingiz mumkin:
  • Elektron arizani to’ldirish orqali
  • Institut binosida joylashgan Qabul komissiyasiga murojaat qilish orqali
Elektron ariza shakli
Elektron tarzda ariza topshirish uchun quyidagi tugmani bosing.
Qabul komissiyasi manzili
Manzil: Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Shivli 2-tor ko‘chasi, 1.3 uy
Mo’ljal: Bodomzor metrosi, Radisson Blu Tashkent mehmonxonasi
Tel:+998781131373
Telegram: @isfiadmin