Ta’lim yo‘nalishi

Xalqaro munosabatlar

Xalqaro munosabatlar yoʻnalishini tanlash uchun asosiy sabablar; Nega aynan bu sohada ta’lim olish kerak? Bugun yer yuzida 200 ga yaqin mamlakatda 8 milliard inson yashaydi. Ular turli irq, millat, din, til va madaniyatga mansub bo'lib, o'z dunyoqarashi, manfaatlari va orzulariga ega. Turli xalqlar o'zaro iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy va madaniy munosabatlarni yo'lga qo'yganlar. Bunday munosabatlarning samarali bo'lishi.... yoki muammoga aylanib ketishi har bir xalqning qanday tashqi siyosat va xalqaro munosabatlarni tog'ri yo'lga qo'ygani, umuman diplomatik mahoratiga bog'liq. Ijtimoiy va siyosiy fanlar institutining Xalqaro munosabatlar fakultetida siz jahonda sodir bo'layotgan jarayonlar ortida turgan xalqaro va milliy xavfsizlik, geosiyosat, diplomatiya, media, siyosiy iqtisodiyot, xalqaro tashkilotlar va siyosiy qarashlar haqida bilimlarga ega bo'lasiz. • Xalqaro munosabatlar yoʻnalishini tamomlagach qayerlarda ishlash mumkin? Xalqaro tashkilotlar, elchixonalar, media kompaniyalar hamda davlat idoralari, vazirliklar va xususiy sektorda xalqaro aloqalar bo'yicha mutaxassis, yoxud siyosiy ekspert sifatida faoliyat yuritishingiz mumkin. •Isfida xalqaro munosabatlar yoʻnalishini qanday va nimalar asosida oʻqitiladi? Ijtimoiy va siyosiy fanlar institutimizning o'quv dasturlari milliy va xalqaro ta'lim standartlarini qamrab oladi. Bizda sohaga oid bilimlar bilan birga xorijiy tillarni ham o'rganib borasiz. • Nega aynan ISFI’da xalqaro munosabatlar yoʻnalishini oʻqish kerak? Bu yoʻnalishda ISFI’da ta’lim olish sizga ilg'or siyosatshunos, diplomat va huquqshunoslar geosiyosiy jarayonlarni keng o'rganish, turli rakursdan tahlil qilishni o'rgatadi. Buning uchun institutimiz ta’limda akademik erkinlikni ta'minlaydi.

Ta'lim shakli

Kunduzgi, kechki, sirtqi

Ta'lim olish

To'lov-shartnoma asosida

Qabul

2022/2023 o'quv yilida ta'lim olish uchun ariza topshiring

Lorem ipsum dolor sit amet, consectetur adipiscing elit. Ut elit tellus, luctus nec ullamcorper mattis, pulvinar dapibus leo.