Institutga qabul

Bo'lajak talabalar diqqatiga

Biz barcha abituriyentlar uchun ta'lim olishning qulay imkoniyatlarini taqdim etamiz.
Ushbu sahifada Ijtimoiy va siyosiy fanlar institutida oliy ta'lim olish istagida bo'lgan abituriyentlar uchun qabul shartlari hamda ta'lim sharoitlari haqida ma'lumotlar berilgan.

Ta'lim dasturlari

Ta'lim darajasi
Ta'lim sohalari
Ta'lim shakllari

Qabul jarayoni

Qabul vaqti qachondan boshlanadi?
Ijtimoiy va siyosiy fanlar institutida 2023/2024 o’quv yillarida o’qish  uchun hujjat topshirish 2023-yil 3-maydan boshlangan.
Qabul uchun qanday hujjatlar kerak?
Ijtimoiy va siyosiy fanlar institutida bakalavr bosqichida ta’lim olish uchun quyidagi hujjatlarni topshirishingiz kerak:
  • Shaxsni tasdiqlovchi hujjat (passport, ID karta)
  • Umumiy oʻrta taʼlim (11-sinf negizida) yoki oʻrta maxsus, kasb-hunar
    taʼlimi muassasasini tugatganligi haqidagi hujjat (ilovasi bilan)
  • Xorijiy til sertifikati (agar mavjud boʻlsa)
Ariza qanday topshiriladi?
Ijtimoiy va siyosiy fanlar institutida ta’lim olish uchun quyidagi usullardan biri yordamida ariza topshirishingiz mumkin:
  • Elektron arizani to’ldirish orqali
  • Institut binosida joylashgan Qabul komissiyasiga murojaat qilish orqali
Elektron ariza shakli
Elektron tarzda ariza topshirish uchun quyidagi tugmani bosing.
Qabul komissiyasi manzili
Manzil: Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Shivli 2-tor ko‘chasi, 1.3 uy
Mo’ljal: Bodomzor metrosi, Radisson Blu Tashkent mehmonxonasi
Tel:+998781131373
Telegram: @isfiadmin

Kirish imtihonlari

Kirish imtihonlari qachon tashkil etiladi?
Ijtimoiy va siyosiy fanlar institutida 2023/2024 o‘quv yilida ta’lim olishni istagan talabalarning bilim darajasini aniqlash uchun test sinovlari tashkil etiladi.
Test sinovlari 2023-yil 20-may kunidan boshlab belgilangan muddatlarda onlayn tashkil etiladi. 
Ijtimoiy va siyosiy fanlar institutiga hujjat topshirganingizda sizga imtihon kunlari ma’lum qilinadi.Institutga hujjat topshirgan abituriyentlarga imtihon mobaynida onlayn test sinovlarini topshirish uchun alohida va taqdim etiladi. 
Imtihon haqidagi ma’lumotlar ISFI rasmiy veb sayti va ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari orqali berib boriladi.
Imtihon natijalari qachon e’lon qilinadi?
Imtihon natijalari abituriyentlarning to’plagan ballariga ko’ra saralanadi, javoblar esa imtihon topshirganingizdan so’ng 3 kun oralig’ida 
SMS xabarnoma orqali ma’lumot beriladi.
Veb sayt: isfi.uz Telegram: @isfi_uz  Instagram: isfi.uz
Qaysi fanlardan imtihon topshiriladi?
Institutga kirish imtihonlari ta’lim yo’nalishlariga ko’ra quyidagi fanlardan topshiriladi:
  • 60310800 – Xalqaro munosabatlar – tarix, chet tili, ona tili
  • 60310100 – Iqtisodiyot – matematika, chet tili, ona tili
  • 60411200 – Menejment – matematika, chet tili, ona tili
  • 60110100 – Pedagogika va psixologiya – biologiya, ona tili va adabiyot, chet tili
  • 60230100 – Filologiya va tillarni o‘qitish – chet tili, ona tili va adabiyot, tarix
Test har bir fan bo’yicha 30 ta savol, jami 90 ta savoldan iborat. Birinchi fan savollari 3,1 ball, ikkinchi fan savollari
2,1 ball, uchinchi fan savollari 1,1 balldan hisoblanadi. Maksimal ball 189.
Chet tilini bilish darajasi B2 yoki unga tenglashtirilgan sertifikatga ega bo‘lgan abituriyentlarga chet tilidan
maksimal ball beriladi.

Ta’lim yo‘nalishlari va shakllari

Ta’lim tili
Ta’lim o‘zbek va rus tillarida amalga oshiriladi.
Ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot uchun isfi.uz veb saytiga murojaat qiling.
Ta’lim yo‘nalishlari va shakllari
Ta’lim to‘lov-shartnoma asosida amalga oshiriladi.
To‘lov-shartnoma narxlari bir o‘quv yili uchun ko‘rsatilgan.
TAʼLIM YOʻNALISHI
(BAKALAVR)
TAʼLIM SHAKLIMUDDATINARXI
60310800 - XALQARO MUNOSABATLAR
Kunduzgi4 yil22 000 000
Kechki 4,5 yil20 000 000
Sirtqi5 yil18 000 000
60310100 - IQTISODIYOT
(tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)
Kunduzgi4 yil20 000 000
Kechki 4,5 yil18 000 000
Sirtqi5 yil16 000 000
60411200 - MENEJMENT
(tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)
Kunduzgi4 yil19 000 000
Kechki 4,5 yil17 000 000
Sirtqi5 yil15 000 000
60110100 - PEDAGOGIKA VA PSIXOLOGIYA Kunduzgi4 yil18 000 000
Kechki 4,5 yil16 000 000
Sirtqi5 yil14 000 000
60230100 - FILOLOGIYA VA TILLARNI O'QITISH : O'zbek tiliKunduzgi4 yil19 000 000
Kechki 4,5 yil17 000 000
60230100 - FILOLOGIYA VA TILLARNI O'QITISH : Ingliz tiliKunduzgi4 yil19 000 000
Kechki 4,5 yil17 000 000
60230100 - FILOLOGIYA VA TILLARNI O'QITISH : Rus tiliKunduzgi4 yil19 000 000
Kechki 4,5 yil17 000 000
60230100 - FILOLOGIYA VA TILLARNI O'QITISH : Arab tiliKunduzgi4 yil19 000 000
Kechki 4,5 yil17 000 000
Qabul kvotasi
Har bir ta’lim yo‘nalishi uchun qabul kvotasi kunduzgi ta’lim shakli uchun 50 nafar, kechki ta’lim shakli uchun 50 nafar, sirtqi ta’lim shakli uchun 100 nafarni tashkil etadi. 
Muayyan yo‘nalishlarga hujjat topshirgan abituriyentlar sonidan kelib chiqib, qabul kvotasiga o‘zgartirish kiritilishi mumkin.

Ta’limning boshlanishi

Kontrakt to'lovlarini qachongacha amalga oshirish kerak?
Imtihon natijalariga ko‘ra talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar 2023-2024 o’quv yili uchun to’lovlarni shartnomada ko’rsatilgan muddatda amalga oshirishlari shart.
 
Ta’lim qachondan boshlanadi?
Ta’limga qabul qilingan talabalar uchun ta’lim 2023-yil sentabr oyidan boshlanadi.

Ko'p so'raladigan savollar

2023-2024 o’quv yili uchun hujjatlar topshirish 31-avgust sanasigacha davom etadi.

Kuzgi qabulga o’qishga kirgan talabalar uchun darslar sentabr oyidan boshlanadi.

 2023-yil kuz oyida ta’limni boshlagan talabalar 2024-yil iyun oyida 1-kursni tamomlaydilar.

Kirish imtihonlari 2023-yil 20-maydan boshlanadi. Hujjat topshirgan abituriyentlarga imtihon vaqtlari institutning rasmiy sayti va ijtimoiy tarmoq sahifalari orqali ma’lum qilinadi.

Kirish imtihonlari onlayn tarzda bo’ladi. Hujjat topshirgan abituriyentlarga batafsil ma’lumot ma’lum qilinadi.

To’lovlar faqat bank kassalari orqali amalga oshiriladi. Uch tomonlama shartnoma tuzilgan taqdirda, shartnomaga muvofiq pul o’tkazish shaklida amalga oshiriladi.

O’quv yili uchun to’lovlarni shartnomada ko’rsatilgan muddatga qadar amalga oshirishlari kerak.

O’zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq banklar orqali ta’lim kreditini olish mumkin. Ta’lim krediti uchun banklarga murojaat qiling.