Yangi Ijtimoiy va siyosiy fanlar instituti Vazirlar mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan 2022-yil 30-dekabrda taqdim etilgan litsenziya asosida o‘z faoliyatini rasman boshladi.
Toshkentda joylashgan Ijtimoiy va siyosiy fanlar instituti 2023-yilning 5-yanvar kunidan boshlab quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha qabulni boshladi:
• Xalqaro munosabatlar
• Iqtisodiyot
• Menejment
• Tarix
• Pedagogika va psixologiya
• Arab tili filologiyasi
• Ingliz tili filologiyasi
• Rus tili filologiyasi
• Fransuz tili filologiyasi
Institutga hujjatlarni onlayn tarzda topshirish mumkin.
Ta’lim kunduzgi, kechki va sirtqi shakllarda mavjud. Institutda o‘qitish o‘zbek va rus tillarida amalga oshiriladi. O‘qish 2023-yil yanvar oyidan boshlanadi va sentabrgacha davom etadi. 2023-yil oktabr oyidan ikkinchi kursga o‘tiladi.
ISFI o‘z ta’lim dasturi bilan bir qatorda dunyoning nufuzli oliy o‘quv yurtlari bilan hamkorlikda xorijiy tajribalar asosida sifatli ta’lim tizimini yo‘lga qo‘yishni maqsad qilgan. Institut ijtimoiy va siyosiy sohalarda professional kadrlarni tayyorlaydi. Talabalar bir vaqtning o‘zida ta’lim va tajriba olishga asoslangan o‘quv dasturi bo‘yicha ta’lim oladilar. Institut talabalarni ish bilan ta’minlash va xorijda tajriba orttirish borasida xalqaro universitetlar va tashkilotlar bilan hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yishni boshladi.
(+998) 88−111−65−65
(+998) 99−841−60−06
(+998) 99−842−60−06
Vebsayt: isfi.uz
Telegram: t.me/isfi_uz
Instagram: isfi.uz
Manzil: Yunusobod tumani, Shayx Shivli MFY, Shivli, pr. 2 ko‘chasi, 1,3 uy