Ijtimoiy va siyosiy fanlar institutida davra suhbatlari davom etadi.
Navbatdagi davra suhbatimiz diplomat, O’zbekiston Respublikasining Qozog’iston Respublikasidagi sobiq elchisi Butayarov Turdiqul hamda siyosiy fanlar doktori Farxod Tolipov ishtirokida bo’lib o’tadi.
Suhbat Markaziy Osiyodagi integratsion jarayonlarga bag’ishlangan bo’lib, unda siz mintaqa davlatlarining iqtisodiy, siyosiy, madaniy-gumanitar munosabatlarining shakllanish tarixi, bugungi holati hamda istiqbollari yuzasidan soha mutaxassislari bilan fikr almashish imkoniyatini qo’lga kiritasiz.
Mintaqaviy va global integratsion jarayonlarga befarq bo’lmagan talabalar, soha mutaxassislari, qolaversa, barcha qiziquvchilarni davra suhbatiga chorlab qolamiz.
Eslatib o’tamiz, davra suhbati ISFI faollar zalida 13-aprel soat 12:00da bo’lib o’tadi.
Manzil: Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Shivli 2-tor ko‘chasi, 1,3 uy
Mo’ljal: Bodomzor metro bekati
Qo’shimcha savollar uchun: 78 113-13-73