Yangiliklar

Jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashamiz!

Ijtimoiy va siyosiy fanlar institutida yosh avlodni milliy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash va turli g‘oyaviy tahdidlardan asrash maqsadida keng jamoatchilik vakillari ishtirokida targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Unda О‘zbekiston xalqaro Islom akademiyasining kafedrasi o‘qituvchisi, pedagogika fanlari bо‘yicha falsafa doktori (PhD) Yorqin Shukurov taklif etildi. Tadbirda ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi mas’ullari va talaba-yoshlar ishtirok etdilar.
Tadbir mobaynida yurtimizda davlat va din munosabatlari, huquqiy va madaniy savodxonlik hamda yoshlarga oid davlat siyosati masalalari bo‘yicha tushuntirildi.
Huquqiy demokratik jamiyatimizda qonun ustuvorligi ta’minlanganligi to‘g‘risida atroflicha ma’lumotlar berildi.

Fikrlar yopilgan.