Yangiliklar

Institutimizda hamkorlikdagi ilmiy davra suhbatlari boshlandi

2023-yilning 25-aprel kuni «Bilim karvoni» nodavlat notijorat ilmiy muassasa «Ijtimoiy va siyosiy fanlar instituti» bilan hamkorlikda «Markaziy Osiyoda geosiyosiy jarayonlar tahlili: Xitoy va Rossiya munosabatlari misolida» mavzusida ilmiy davra suhbati o‘tkazdi.

Institutimiz rektori Umid Mahmudov moderatorligi ostida siyosiy tahlilchi Farxod Tolipov, Qozog’iston Respublikasi Sulaymonov nomidagi sharqshunoslik instituti direktori Duken Masimxanuli, professor Axad Xo’jayev, tahlilchi Nargiza Umarova kabi mahalliy va xorijiy tadqiqotchi olimlar zamonaviy geosiyosiy jarayonlar, xalqaro munosabatlar tizimidagi keskin va tarixiy o’zgarishlarning asl mohiyati, ularning mexanizmlari haqida fikr almashdilar.


Xususan, Xitoy, Rossiya va AQSH singari yirik davlatlarning Markaziy Osiyo mintaqasidagi geosiyosiy muhitning shakllanishi, manfaatlar to’qnashuvi jarayonidagi harakatlari tahlil qilindi.
Ishtirokchilar tomonidan katta qiziqish bilan kutib olingan davra suhbati qizg’in savol-javoblar bilan davom etdi.


Manzil: ISFI: Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Shivli 2-tor ko‘chasi, 1,3 uy.

Mo’ljal: Bodomzor metro bekati

Fikr qoldiring

Sizning elektron pochta manzilingiz nashr etilmaydi. Majburiy maydonlar belgilangan *