Institutimiz hamda Turkiya Respublikasi o’rtasida hamkorlik aloqalari kengaymoqda

Bugun Ijtimoiy va siyosiy fanlar instituti rektori Umid Mahmudov va Turkiya Respublikasining Toshkentdagi elchixonasi jamoatchilik bilan aloqalar bo’yicha maslahatchisi Hamdi Turşucu, Turk tarixi va madaniyati jamg’armasi – «TurkTAV» prezidenti Omer Nizamettin Aykurt o’rtasida uchrashuv tashkil etildi.


Uchrashuv davomida turk dunyosi madaniy merosini asrab-avaylash hamda boyitish maqsadida, xalqlarimizning mushtarak madaniyati, tarixi, ma’naviy aloqalari va o‘zaro hamjihatligini ochib beruvchi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya va seminarlar, davra suhbatlarini tashkil etishga kelishib olindi.


Shuningdek, Turkiyaning turdosh oliy ta’lim muassasalari, aql markazlari, ilmiy-tadqiqot institutlari bilan o’zaro manfaatli ilmiy-amaliy hamkorlik munosabatlarini yo’lga qo’yish masalalari muhokama qilindi.
Uchrashuv doimgidek samimiy, ochiq va do’stona ruhda o’tdi.