Muzaffar_Axmedov

REKTOR

Muzaffar AXMEDOV

Tarix fanlari bo'yicha falsafa doktori (Ph.D)

Ijtimoiy va siyosiy fanlar institutiga
XUSH KELIBSIZ!

Bugun oʻz sohasini mukammal egallagan, kreativ fikrlovchi, muammolarning noodatiy yechimini izlashga qodir, shijoatli kadrlarga boʻlgan ehtiyoj tobora ortib bormoqda. Bizning asosiy maqsadimiz innovatsion taʼlim tizimi orqali bozor talablariga javob beruvchi yuqori malakali kadrlarni tarbiyalashdan iborat.

Institutimiz xalqaro tajribalardan kelib chiqib, nazariy bilim berishga yoʻnaltirilgan taʼlim bilan amaliy koʻnikmalar olishga qaratilgan uygʻun tizimni shakllantirishga alohida eʼtibor qaratadi.

Taʼlim mazmunini sifat jihatidan yangi bosqichga koʻtarish, ijtimoiy soha va iqtisodiyot tarmoqlarining barqaror rivojlanishiga munosib hissa qoʻshadigan, mehnat bozorida oʻz oʻrnini topa oladigan yuqori malakali kadrlarni tayyorlaydi.

Ushbu maqsadlarga erishish yoʻlida Institutimiz quyidagi toʻrtta ustuvor yoʻnalishini belgilab olgan:

Birinchi ustuvor yoʻnalish – fan va texnologiyalar sohasida oʻz oʻrniga ega ilm-fan maskanini barpo etish;

Ikkinchi ustuvor yoʻnalish – taʼlim jarayonida innovatsion yondashuvlar orqali talabalarning isteʼdodini rivojlantirish;

Uchinchi ustuvor yoʻnalish – amaliy tadqiqotlar va ishlanmalarni rivojlantirish;

Toʻrtinchi ustuvor yoʻnalish – Institutni 4-avlod universitetiga aylantirishda raqobatbardoshlikni oshirishdan iborat.

Jamiyat taraqqiyoti va inson salohiyatini belgilovchi, kelajak avlod mutaxassislarini yetishtirib beruvchi aql markazimizda barchangizni kutib qolamiz!

Ilmiy faoliyati

1997-yilda Toshkent Davlat Sharqshunoslik Instituti (hozirgi TDSHU) ning Tarix yo‘nalishini tamomlagan.
2002-yilda mazkur OTMda «Xondamirning «Humoyunnoma» asari muhim tarixiy manba sifatida»  mavzudida Tarix fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD) ishi himoyasini qilgan.

Rus, ingliz, fors va arab tillarida ravon so‘zlashadi.

Mehnat faoliyati