Maqsadimiz

Ijtimoiy va siyosiy fanlar instituti mamlakatimizning iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy sohalari uchun yetuk malakali kadrlar, zamonaviy bilimlarni o'zlashtirgan mutaxassislarni tayyorlash maqsadida tashkil etilgan. Bizning maqsadimiz, talabalarimizga zamonaviy ta'lim metodlari va amaliy tadqiqotlar orqali o'z sohalarining tararriyotida faol ishtirok etishlari uchun zarur bo'lgan ko'nikma va bilimlarni taqdim etishdan iborat. Biz, talabalarimizning shaxsiy va kasbiy rivojlanishini qo'llab-quvvatlash orqali, ularni jamiyatimizning o'zgaruvchan ehtiyojlariga javob beradigan, tashabbuskor va mas'uliyatli fuqarolar sifatida tarbiyalaymiz.

Ko'zlovimiz

Bizning ko'zlovimiz O'zbekistondagi ijtimoiy va siyosiy fanlar ta'limi bo'yicha yetakchi o'quv yurtiga aylanishdir. Biz, ilmiy tadqiqotlar va innovatsiyalar orqali mamlakatimiz va mintaqamizning muhim ijtimoiy va siyosiy muammolarni hal etishda faol ishtirok etishga intilamiz. Shuningdek, biz ilg'or va innovatsion ta'lim tizimi hamda sohaning yetuk tahkilotlaridagi malakaviy, pedagogik amaliyotlarni tashkil etish orqali talabalarimizning sohaga oid bilimlarini va tajribalarini kengaytirib boramiz. Ijtimoiy va siyosiy fanlar instituti, ilm-fan va amaliyotning uyg'unligi asosida jamiyatimizning barqaror kelajagini shakllantirishga hissa qo'shadigan ilmiy markaz sifatida tanilishni ko'zlaydi.