Toshkentdagi

Zamonaviy

Ijtimoiy va siyosiy fanlar

instituti

Bizning maqsadimiz mamlakatimizning iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy sohalari uchun yetuk malakali kadrlar, zamonaviy bilimlarni o'zlashtirgan mutaxassislarni tayyorlashdan iborat.

Ijtimoiy va siyosiy fanlar institutiga 2022-yilda asos solingan bo'lib, qisqa muddatlarda mamlakatimizning oliy ta'lim sohasida o'z o'rniga ega bo'ldi. Ushbu yillar davomida, institutimiz ta'lim jarayonlariga mamlakatimizning ijtimoiy va siyosiy yo'nalishlaridagi nufuzli professor va o'qituvchilarni jalb qilish orqali o'zining akademik va ilmiy salohiyatini namoyon etdi.

Biz bakalavriat yo'nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo'yicha keng qamrovdagi ta'lim dasturlarini taklif etamiz. Har dastur nazariy va amaliy ta'limning uyg'unligi bilan ajralib turadi.

Ijtimoiy va siyosiy fanlar instituti nodavlat oliy ta'lim xizmatlarini ko'rsatish bo'yicha davlat litsenziyasiga ega.

Ijtimoiy va siyosiy fanlar institutiga

xush kelibsiz!

Bugun o'z sohasini mukammal egallagan, kreativ fikrlovchi, muammolarga noodatiy yechimni izlashga qodir, shijoatli kadrlarga bo'lgan ehtiyoj tobora ortib bormoqda.

Bizning asosiy maqsadimiz innovatsion ta'lim tizimi orqali bozor talablariga javob beruvchi yuqori malakali kadrlarni tarbiyalashdan iborat. Institutimiz xalqaro tajribalardan kelib chiqib, nazariy bilim berishga yo'naltirilgan ta'lim bilan amaliy ko'nikmalar olishga qaratilgan uyg'un tizimni shakllantirishga alohida e'tibor qaratadi. Ta'lim mazmunini sifat jihatidan yangi bosqichga ko'tarish, ijtimoiy soha va iqtisodiyot tarmoqlarining beqaror rivojlanishiga munosib hissa qo'shadigan, mehnat bozorida o'z o'rnini topa oladigan yuqori malakali kadrlarni tayyorlaydi.

Jamiyat taraqqiyoti va inson salohiyatini belgilovchi, kelajak avlod mutaxassislarini yetishtirib beruvchi aql markazimizda barchangizni kutib qolamiz!

Institut haqida

QIZIQARLI RAQAMLAR

Asos solingan yili
2024
Ta'lim yo'nalishlari
0 +
Professor-o'qituvchilar
0 +
Talabalar
0 +
Fakultetlar soni
0
Magistratura
0 +
Ilmiy salohiyat
0 %
O'quv binolari
0

Ijtimoiy va siyosiy fanlar institutidagi

TA'LIM YO'NALISHLARI