Yangiliklar

Institut rahbariyatining Belarus Respublikasi bo’ylab xizmat safari davom etmoqda

Ijtimoiy va siyosiy fanlar instituti rektori Umid Mahmudov boshchiligidagi delegatsiya Yanka Kupala nomidagi Grodno davlat universiteti faoliyati bilan yaqindan tanishish maqsadida iqtisodiyot va boshqaruv, psixologiya, pedagogika fakultetlari, TEXNOLAB ilmiy-texnologik parkida bo’ldi.

Tashrif davomida xorijiy talabalar uchun yaratilgan imkoniyatlar, ilmiy-texnologik yo’nalishda amalga oshirilayotgan ishlar hamda istiqboldagi rejalar yuzasidan takliflar muhokama qilindi.


Shuningdek, Minsk shaxrida joylashgan yirik ilmiy markaz – Belarus Davlat Universiteti, Fanlar akademiyasi va qator ilmiy-ta’lim muassasalari faoliyati bilan yaqindan tanishib hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.

Fikr qoldiring

Sizning elektron pochta manzilingiz nashr etilmaydi. Majburiy maydonlar belgilangan *