Ijtimoiy va siyosiy fanlar institutiga Doktor Muzaffar Axmedov Bo’riboyevich rektor etib tayinlandi

2023-yil 31-avgust kuni Ijtimoiy va siyosiy fanlar institutida ilmiy kengash yig’ilishi bo’lib o’tdi va ushbu kengashda bir ovozdan Muzaffar Axmedov Bo’riboyevich (Ph.D) institutimiz rektori etib tayinlandi.

Muzaffar Axmedov Bo’riboyevich 2021-2023-yillarda «Oriental Universiteti» rektori lavozimida faoliyat olib borganlar.

Undan tashqari, Xalqaro Amir Temur jamg‘armasi bo‘lim boshlig‘i, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi DJQA ilmiy kotib, Toshkent Davlat Sharqshunoslik instituti tarix kafedrasi katta o‘qituvchi, dotsenti, ma’naviyat ma’rifat bo‘limi boshlig‘i, xalqaro aloqalar bo‘limi boshlig‘i, Aloqa kasb-hunar kolleji Direktor o‘rinbosari, Toshkent xizmat ko‘rsatish va servis kolleji, Toshkent shahar 55-o‘rta maktab, Xalqaro Islom Akademiyasi qoshidagi Akademik litseyda direktor lavozimlarida hamda Shayxontohur tumani Ma’naviyat markazi rahbari sifatida faoliyat yuritganlar.

Muzaffar Axmedov Bo’riboyevich faoliyati davomida institutimiz yanada yuksak marralarni zabt etishiga ishonamiz va ularning faoliyatlarida omad tilab qolamiz!