Ijtimoiy va siyosiy fanlar instituti 2023/2024 o’quv yili uchun rasman qabul boshlanganini e’lon qiladi!
Institut rasmiy litsenziyaga ega, talabalarga davlat tomonidan tasdiqlangan bakalavr diplomi beriladi, ushbu diplom mamlakatimiz va xorijda to’liq tan olinadi.
Institut mahalliy va xorijiy ilg’or tajribaga ega professor-ustozlarni o’z tarkibiga olgan. Talabalarga zamonaviy ta’lim standartlariga javob beruvchi nazariy va amaliy bilimlar o’rgatiladi.
Talabalar institutda kunduzgi, kechki va sirtqi ta’lim shakllari bo’yicha, quyidagi:
- Xalqaro munosabatlar;
- Menejment;
- Iqtisodiyot;
- Pedagogika va psixologiya;
- Filologiya va tillarni o’qitish (ingliz, rus, arab, o’zbek tili filologiyasi) yo’nalishlaridan birini tanlagan holda tahsil olishlari mumkin.
Eslatma sifatida, har bir yo’nalish bo’yicha qabul kvotalar soni chegaralangan, bu esa tezroq o’z o’rningizni band qilishingiz kerakligini anglatadi.
Qabul shartlari, kontrakt summalari va sizni boshqa qiziqtirgan ma’lumotlarni rasmiy sayt yoki call-markazga qo’ng’iroq qilish orqali olishingiz mumkin.
O’z oldiga zamonaviy, sifatli ta’lim olishni, kelajakda tanlagan yo’nalishi bo’yicha kerakli kadr bo’lishni ko’zlagan barcha abituriyentlarni institutimizda ko’rishdan, faqatgina mamnun bo’lamiz!
Zero, jamiyatimiz taraqqiyoti sizning, bizning, barchamizning qo’limizda!