Ijtimoiy va siyosiy fanlar institutida xalqaro hamkorlar bilan onlayn uchrashuv tashkil etildi

Kuni kecha Institutimiz oʼquv-uslubiy boʼlimi boshligʼi Suxrob Kurbanov hamda Rossiya Federatsiyasining Don Davlat texnika universiteti xalqaro aloqalarni rivojlantirish boshqarmasi boshligʼi Аlina Vinitskaya oʼrtasida dastlabki hamkorlik aloqalarini oʼrnatishga bagʼishlangan onlayn-ushrashuv tashkil etildi.

Uchrashuv davomida oliy oʼquv yurtlari oʼrtasida oʼquv-metodologik hamkorlik, oʼquv-qoʼllanma hamda darsliklar yaratish, ilmiy-tadqiqotlar olib borish, professor-oʼqituvchi va talabalar oʼrtasida almashinuv dasturlarini yoʼlga qoʼyish kabi masalalar muhokama qilindi.

Samimiy tarzda oʼtgan uchrashuv natijalariga koʼra, ikki muassasa oʼrtasida doimiy va tizimli aloqalarni yoʼlga qoʼyishga kelishib olindi. Shuningdek, yaqin kunlarda hamkorlik aloqariga rasmiy maqom berish maqsadida tomonlar o’rtasida hamkorlik shartnomasini imzolash rejalashtirilgan.