Davra suhbatining navbatdagi maxsus mehmoni tadqiqotchi David Hunsicker. Hunsicker 1993-yilda Michigan Universitetining Islomshunoslik yo’nalishini, 2001-yilda Sietldagi Vashington Universiteti yaqin sharq tillari va madaniyati yo’nalishi bo’yicha magistrlik darajasini qo’lga kiritgan.
1999-yilda Turkiyada Usmonli turk tilini o’zlashtirib, O’zbekistonda qadimiy qo’lyozmalarni ilmiy asosda tadqiq qilishni boshlaydi. 2002-2007 yillar mobaynida O’zbekistondagi AQSH elchixonasi hamda AQSH Xalqaro taraqqiyot agentligi «USAID» ning Markaziy Osiyo mintaqasi vakolatxonasida faoliyat olib borgan.
2008-yildan boshlab «USAID»ning Vashingtondagi markazida guruhlararo ziddiyatlarni oldini olish va tinchlikni saqlash bo’yicha mutaxassis bo’lib faoliyat olib bormoqda.
David Hunsicker bilan bo’lib o’tadigan davra suhbati mavzusi: «USAIDning jahonda tinchlikni mustahkamlash tashabbuslari va tajribasi»
Suhbat 15-may, soat 12:00da ISFI faollar zalida bo’lib o’tadi