Yangiliklar

  • Bosh sahifa
  • Uncategorized
  • Ijtimoiy va siyosiy fanlar instituti va Turkiya Respublikasi ilmiy-ta’lim muassasalari o’rtasidagi hamkorlik aloqalari mustahkamlanmoqda

Ijtimoiy va siyosiy fanlar instituti va Turkiya Respublikasi ilmiy-ta’lim muassasalari o’rtasidagi hamkorlik aloqalari mustahkamlanmoqda

Kuni kecha Ijtimoiy va siyosiy fanlar instituti rektori Umid Mahmudov va Turkiya Respublikasining O’zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Olgan Bekar janoblari o’rtasida uchrashuv tashkil etildi.

O’zbekiston va Turkiya Respublikalari madaniy-gumanitar aloqalarining mantiqiy davomi sifatida tashkil etilgan uchrashuv davomida Ijtimoiy va siyosiy fanlar instituti hamda Turkiya Respublikasining turdosh ilmiy-ta’lim muassasalari o’rtasida keng qamrovli hamkorlik aloqalarini yo’lga qo’yishga kelishib olindi.

Hamkorlikning dastlabki qadami sifatida Elchi Olgan janobini Institutimiz faoliyati bilan yaqindan tanishish hamda davra suhbatida ma’ruza bilan ishtirok etishga taklif qilindi.

Fikr qoldiring

Sizning elektron pochta manzilingiz nashr etilmaydi. Majburiy maydonlar belgilangan *