Ijtimoiy va siyosiy fanlar instituti va Belarus Respublikasining Yanka Kupalu nomidagi Grodno Davlat universtiteti o’rtasida hamkorlik aloqalari to’g’risida shartnoma imzolandi.
Institutimiz o’z faoliyatining dastlabki kunlaridan boshlab yetakchi xorijiy oliy ta’lim muassasalari, ilmiy-tadqiqot institutlari hamda aql markazlari bilan hamkorlik aloqalarini o’rnatishga alohida e’tibor qaratib kelmoqda.
Bugun institut rektori Umid Mahmudov hamda Belarus Respublikasining Yanka Kupala nomidagi Grodno Davlat universiteti rektori Irina Kiturko o’rtasida xalqaro hamkorlik tog’risida shartnoma imzolandi.
Shartnoma doirasida qo’shma ta’lim dasturlarini tashkil etish, talabalar, professor-o’qituvchilarning qisqa va uzoq muddatli malaka oshirish dasturlarini yo’lga qo’yish, ilmiy-amaliy va o’quv-uslubiy yo’nalishidagi hamkorlik aloqalarini kuchaytirishga kelishib olindi.