Yangiliklar

  • Bosh sahifa
  • Tadbirlar
  • “Davlat tili – milliy ma’naviyatimiz timsoli!” nomli madaniy-ma’rifiy bayram tadbiri o‘tkazildi

“Davlat tili – milliy ma’naviyatimiz timsoli!” nomli madaniy-ma’rifiy bayram tadbiri o‘tkazildi

“DAVLAT TILI – MILLIY MA’NAVIYATIMIZ TIMSOLI”
“O‘zbek tiliga – davlat tili maqomi berilgan kun” munosabati bilan Ijtimoiy va siyosiy fanlar institutida “Davlat tili – milliy ma’naviyatimiz timsoli!” nomli madaniy-ma’rifiy bayram tadbiri o‘tkazildi.
Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori Utkir Islamov yig‘ilganlarni ma’naviy g‘ururimiz timsoli hisoblangan o‘zbek tili bayrami bilan qutladi.
Ma’naviy tadbirga mehmon sifatida filologiya fanlari nomzodi, dotsent Mahfuza Karaxadjayeva ishtirok etdi. Tadbirda talabalar tomonidan ona tilimizni ulug‘lovchi she’rlar, raqslar va saxna ko‘rinishlari namoyish etildi.
Tilimizni e’zozlash, uning davlat tili sifatidagi maqomi, mavqeyini yuksaltirish, kelajak avlodni ona tiliga hurmat ruhida tarbiyalash har birimizning muqaddas burchimizdir!

Fikrlar yopilgan.