Bugun o‘zbek mumtoz adabiyotining yirik vakili, shoir, tarixchi, geograf, davlat arbobi, boburiylar sulolasi asoschisi Zahiriddin Muhammad Boburning tavallud topganiga 541 yil to‘ldi.
Tarixda o‘chmas iz qoldirgan serqirra ijodkorning adabiy merosini asrab avaylash, aql-zakovati orqali ilm-fan rivojiga qo‘shgan hissasi, yutuqlarini yodga olish biz avlodlarning burchimizdir.
O‘z ijodini 18-19 yoshlardayoq qalamga ola boshlagan shoirning bizgacha 209 ruboiysi, 119 g‘azali va bir necha o‘nlab tuyuq, qit‘alari yetib kelgan.