Ijtimoiy va siyosiy fanlar institutida davra suhbatlari davom etadi

Navbatdagi davra suhbatimiz Bilim karvoni nodavlat notijorat ilmiy muassasasi bilan hamkorlikda tashkil etilib, unda muassasa direktori Farhod Tolipov hamda soha mutaxassislari ishtirok etilishi kutilmoqda.


Zamonaviy geosiyosiy jarayonlar, xususan Xitoy va Rossiya munosabatlari tahliliga bag’ishlangan davra suhbatimizda Siz bugungi xalqaro munosabatlar tizimidagi keskin va tarixiy o’zgarishlarning asl mohiyati, maqsad va mexanizmlari haqida qimmatli ma’lumotlarni qo’lga kiritasiz.


Institutimizda olgan nazariy bilimlarni mustahkamlash, Real siyosat tamoyillarini o’zlashtirish, geosiyosiy jarayonlarni to’g’ri tahlil qilishni istaganlarni Davra suhbatimizga chorlab qolamiz.

Suhbat vaqti: 25-aprel, soat 16:00 da