14-yanvar Vatan himoyachilari kuni

Assalomu alaykum,

Hurmatli va qadrdon hamkasblar, aziz talabalar – barchangizga “14-yanvar Vatan himoyachilari kuni” bayrami muborak bo‘lsin!

Ona yurtimiz har doim o‘zining mard, jasur yigitlari bilan faxrlanib kelgan. Yigitlarimiz ota-ona va oilasini, o‘zi yashayotgan yurt tuprog‘ini muqaddas bilib, Vatan himoyasi uchun doimo shay turishni burch deb hisoblagan. Tinchlik – eng oliy ne’mat. Ona Vatan tinchligini saqlash, uning tuprog‘ini ko‘zimizga surish, uni himoya qilish shu Vatanda yashab ulg‘ayayotgan har bir insonning muqaddas burchidir.

Vatan himoyachilarini ushbu muborak bayram bilan tabriklaymiz hamda ularga oilaviy tinchlik-xotirjamlik, sog’liq-salomatlik tilab qolamiz. Vatanimiz osmoni doimo musaffo bo‘lishi uchun har doimgidek o‘z kuch-g‘ayratingizni ayamang!

Hurmat bilan,
Muzaffar Axmedov
Ijtimoiy va siyosiy fanlar instituti rektori